“200-modda. Tutingan (foster) oilaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib borish hamda monitoring qilish
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1174-son) · Sana: 11.09.2026 · Amalda
Vasiylik va homiylik organlari tutingan (foster) oilaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradi hamda monitoring qiladi”;
19) 227-moddaning toʻrtinchi qismi “vasiylik va homiylik organlari” degan soʻzlardan keyin “ishtirokida sud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
20) 237-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 673, 676-moddalar; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 4, 199-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda; 2024-yil, № 8, 830, 831-moddalar; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 3, 370-modda, № 4, 515-modda) 108-moddasining nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
