“196-modda. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish”;
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1174-son) · Sana: 11.09.2026 · Amalda
birinchi qismidagi “Bolalarni tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv” degan soʻzlar “Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvni” degan soʻzlar “Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnomani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 197-moddaning:
nomidagi “Oilaga tarbiyaga” degan soʻzlar “Tutingan (foster) oilaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Oilaga tarbiyaga” degan soʻzlar “Tutingan (foster) oilaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Oilaga tarbiyaga” degan soʻzlar “Tutingan (foster) oilaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 198-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona boʻlishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 152-moddasi birinchi qismining ikkinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar mustasno.
Yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tutingan ota-ona boʻlish istagini bildirgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishi kerak.
Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarga ega boʻladi”;
17) 199-moddaning:
nomidagi “tarbiyaga” degan soʻz “tutingan (foster) oilaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “tarbiyaga” degan soʻz “tutingan (foster) oilaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 200-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
