“279-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslarini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron tijorat sohasini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1173-son) · Sana: 10.09.2026 · Amalda
Agar chet el yuridik shaxsi jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan, realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatadigan boʻlsa yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qilsa va, agar bu yuridik shaxsning oʻzi vositachilarsiz tovarlarni (xizmatlarni) oluvchi boʻlgan jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirsa, chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Shunday xizmatlarda va (yoki) shunday tovarlarni realizatsiya qilishda soliq agenti deb eʼtirof etiladigan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq organiga elektron shaklda xizmatlar koʻrsatish yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qilish boshlangan (tugatilgan) kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay beriladi”;
6) 280-modda:
birinchi qismidagi “xizmatlarni” degan soʻz “xizmatlarni koʻrsatish yoki elektron savdo platformasi orqali tovarlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Chet el yuridik shaxslari elektron savdo platformalari orqali jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan tovarlarni realizatsiya qilganda, soliq bazasi mazkur tovarlarning ularni realizatsiya qilishning haqiqiy narxlaridan kelib chiqib hisoblab chiqariladigan soliq summasi hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi”;
uchinchi — oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
7) 281-moddaning:
nomidagi “koʻrsatishda” degan soʻz “koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
