484-modda. Tuman va shaharning toifasi asosida qoʻllab-quvvatlash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlashga hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1168-son) · Sana: 17.08.2026 · Amalda
Tuman va shaharning toifasidan kelib chiqqan holda, qonunchilikda tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari, subsidiyalar va ushbu subyektlarni qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralari nazarda tutilishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatini tuman va shaharning toifasidan kelib chiqqan holda qoʻllab-quvvatlash choralari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi”;
25) 50-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-336-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 9/2, 245-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar) 24-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash hamda baholashga oid hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalarini qayta koʻrib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi hamda bunday ishlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1153-modda, № 11, 1237-modda, № 12, 1328-modda; 2026-yil, № 2, 132-modda, № 4, 360, 364, 365-moddalar) 217-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
