15-modda. Vakolatli davlat organi hamda professional jamoat birlashmalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-1163-son) · Sana: 07.08.2026 · Amalda
Vakolatli davlat organi hamda professional jamoat birlashmalari oʻz faoliyatini ochiq, shaffof hamda davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga quyidagilar joylashtiriladi:
Yagona reyestr va undagi maʼlumotlar;
rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik va milliy standartlar;
rieltorlik xizmatlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi axborot;
qonunchilikka muvofiq boshqa axborot.
Professional jamoat birlashmasining rasmiy veb-saytida professional jamoat birlashmasi toʻgʻrisidagi axborot, uning aʼzolarining reyestri va qonunchilikka muvofiq boshqa axborot joylashtiriladi.
