9-modda. Hududiy kuzatuv kengashlarining ishchi organlari va ularning vakolatlari
Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida (O‘RQ-1161-son) · Sana: 27.07.2026 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda hududiy ishchi organ deb yuritiladi) tegishli hududiy kuzatuv kengashlarining ishchi organidir.
Hududiy ishchi organ:
hududiy kuzatuv kengashining zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan toʻlovlarni amalga oshiradi va zararning oʻrnini qoplash choralarini koʻradi;
zararning oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
maʼmuriy-hududiy birlik doirasida zararning oʻrni qoplanishini moliyalashtirish boʻyicha budjet soʻrovini shakllantiradi.
Hududiy ishchi organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
