12-modda. Zararning oʻrnini qoplash asoslari
Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida (O‘RQ-1161-son) · Sana: 27.07.2026 · Amalda
Zararning oʻrni sudning zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq berilgan ijro hujjatiga asosan qoplanadi.
Agar zarar yetkazilganligi uchun aniq bir shaxs sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aybdor deb topilgan boʻlsa, moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrni ushbu shaxs tomonidan qoplanishi lozim. Bunda yetkazilgan zararning oʻrni ushbu Qonunda belgilangan tartibda dastlab hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanib, mazkur mablagʻlar keyinchalik aybdor shaxsdan tegishli davlat organi orqali regress tartibida undirib olinadi, bundan hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi zararning oʻrnini qoplaguniga qadar aybdor shaxs tomonidan zararning oʻrni ixtiyoriy ravishda qoplangan hollar mustasno.
