38-modda. Ijtimoiy xodimning ijtimoiy muhofazasi
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Ijtimoiy xodimning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan qoʻriqlanadi.
Ijtimoiy xodim oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirayotganda davlat uning himoya qilinishini taʼminlaydi.
Tegishli vakolatlarga ega boʻlmagan davlat organlari va tashkilotlari ijtimoiy xodimning kasbiy faoliyatiga bevosita aralashishga haqli emas.
Davlat ijtimoiy xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratib beradi, ularni ijtimoiy imtiyozlar bilan taʼminlaydi.
Ijtimoiy xodimlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq sanitariya-gigiyenaga oid, epidemiyaga qarshi, terapevtik va profilaktika choralarini oʻz ichiga oluvchi bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi davlat tomonidan kafolatlanadi.
