34-modda. Ijtimoiy xodimning vazifalari
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Ijtimoiy xodimning vazifalari quyidagilardan iborat:
aholining ijtimoiy ish toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirish;
ijtimoiy xizmatlar standartlariga rioya etgan holda, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish, shuningdek zaruratga koʻra, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi murojaatni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga hamda tadbirkorlik subyektlariga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun yuborish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsni (oilani), uning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, hurmat qilish va uni kamsitishning har qanday shakliga qarshi turish;
yashash, erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, qonun oldida tenglik, mehnat qilish, taʼlim olish, fikrlash huquqlarini targʻib qilish.
Ijtimoiy xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalar ham boʻlishi mumkin.
