25-modda. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish asoslari
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) yoki uning qonuniy vakilining murojaati;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) yoki uning qonuniy vakilining ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish shartlariga roziligi.
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning (oilaning) roziligini talab qilmasdan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan asoslarga koʻra ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ijtimoiy shartnoma orqali koʻrsatilishi mumkin.
Shaxsning (oilaning) turmush darajasidagi ogʻir ijtimoiy vaziyatni yengish uchun ichki imkoniyatlari mavjud boʻlgan yoki ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolmagan, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs (oila) deb topilmagan (hisobga olinmagan) taqdirda, ushbu shaxsga (oilaga) ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatilmaydi.
Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni ijtimoiy shartnoma orqali koʻrsatish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
