16-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy ish sohasidagi faoliyatda ishtirok etishi
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni (oilalarni) aniqlaydi va ularning hisobini yuritishda ishtirok etadi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning (oilalarning) murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularga tegishli axborot va zarur materiallarni taqdim etadi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (oilalarga) maslahat, ijtimoiy hamda psixologik yordam koʻrsatilishi yuzasidan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (oilalarga) koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam natijalarining samaradorligini, shuningdek ularning ehtiyojlarini baholashda ishtirok etadi;
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarni hamda homiylarni ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatishga jalb etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
