15-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ijtimoiy ish sohasidagi vakolatlari
Ijtimoiy ish toʻgʻrisida (O‘RQ-1159-son) · Sana: 23.07.2026 · Amalda
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
ijtimoiy ish sohasidagi dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni (oilalarni) aniqlaydi va ularning hisobini yuritishda ishtirok etadi;
ijtimoiy ish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlaydi;
ijtimoiy ish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
ijtimoiy ish sohasida axborot-tahliliy faoliyatni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
