34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish — Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida (O‘RQ-1158-son)
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida (O‘RQ-1158-son) · Sana: 13.07.2026 · Amalda
1. 1992-yil 8-dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 1-mayda qabul qilingan OʻRQ-837-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda) (“Xalq soʻzi” gazetasi, 2023-yil 2-may, 87-88-sonlar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi. Alohida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan yagona huquqiy makon doirasida maxsus huquqiy rejim oʻrnatilishi mumkin”;
2) 109-moddaning birinchi qismi:
24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlarini hamda boshqa organlarni shakllantiradi”;
quyidagi mazmundagi 241-band bilan toʻldirilsin:
“241) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini amalga oshirishni tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini shakllantiradi hamda uning Rahbarini tayinlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolatlari qonun bilan belgilanadi”;
3) 131-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan belgilanadigan ixtisoslashgan sudlar tuzilishi mumkin”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
4) 134-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi, bundan maxsus huquqiy rejim oʻrnatishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan belgilanadigan hollar mustasno”;
5) 151-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi, bank va toʻlov tizimlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hudud mustasno”.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi 3561-XI-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 167-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 257-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda; 2011-yil, № 10, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 3-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha ish yuritish va rasmiy hujjatlarni qabul qilish tili belgilanishi mumkin”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi 625-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 12-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-375-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 246-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2025-yil, № 4, 519-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda birjalarning tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi 841-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-573-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 10, 672-modda; 2021-yil, № 1, 16-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 215-modda; 2025-yil, № 4, 520-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda valyutaga oid munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda valyuta qimmatliklari, bojxona, soliq, raqobat hamda kripto-aktivlar aylanmasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni, shuningdek savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish bilan bogʻliq qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq boshqa turdagi javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin”.
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda valyuta qimmatliklari, bojxona, soliq, qimmatli qogʻozlar bozori, raqobat hamda kripto-aktivlar aylanmasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni, shuningdek savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish bilan bogʻliq qilmishlar uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq boshqa turdagi javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin”.
7. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-582-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 790-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 3, 217-modda, № 4, 340-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 9, 965-modda; 2025-yil, № 2, 189, 194-moddalar, № 4, 519, 520-moddalar, № 6, 730-modda; 2026-yil, № 3, 255-modda) 1-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatlari jumlasiga kiritilgan munosabatlarni tartibga solish vazifalari maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hudud ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorati ostidagi banklar va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududdagi vakolatli organ bilan birgalikda tartibga solinadi”.
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda fuqarolik-huquqiy munosabatlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qism “mos boʻlishi shart” degan soʻzlardan keyin “bundan maxsus huquqiy rejim oʻrnatadigan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan belgilangan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-580-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 788-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 4, 267-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105, 111-moddalar, № 9, 965-modda; 2025-yil, № 2, 189, 194-moddalar, № 4, 520-modda, № 6, 730-modda; 2026-yil, № 3, 255-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda banklar va bank faoliyati ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar; 2023-yil, № 1, 1-modda; 2024-yil, № 2, 110, 111-moddalar; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 4, 519-modda, № 6, 730-modda, № 11, 1235-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi 279-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 13-aprelda qabul qilingan OʻRQ-404-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 124-modda; 2021-yil, № 1, 7-modda, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi 811-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2009-yil, № 4, 135-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 6, 577-modda; 2024-yil, № 8, 825-modda, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 1, 7-modda, № 2, 188-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda baholash faoliyatini amalga oshirish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 827-modda, № 10, 1073-modda; 2025-yil, № 4, 522-modda, № 6, 729-modda, № 8, 970-modda, № 10, 1153-modda, № 12, 1328-modda; 2026-yil, № 3, 248, 251-moddalar, № 4, 357, 360-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 5-modda quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31) Toshkent xalqaro tijorat sudining qarorlari”;
2) 7-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11) Toshkent xalqaro tijorat sudining qarorlari asosida mazkur sud kotibi tomonidan beriladigan ijro varaqalari”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Toshkent xalqaro tijorat sudining xorijiy tildagi qarorlari asosidagi ijro varaqasi mazkur sud kotibi tomonidan qarorni davlat tiliga tarjima qilgan holda beriladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Bunda ijro varaqasi Toshkent xalqaro tijorat sudi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda, elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi 308-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 891-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 2, 110-modda) 2-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda xoʻjalik shirkatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”.
15. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda; 2022-yil, № 4, 337-modda; 2024-yil, № 9, 965-modda; 2025-yil, № 2, 194-modda, № 6, 730-modda, № 12, 1322-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, eʼlon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi 558-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 2-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda xususiy korxonalarning tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”.
17. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi 611-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 80-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar; 2022-yil, № 3, 217-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188, 191-moddalar, № 4, 519-modda, № 6, 730-modda, № 12, 1322-modda; 2026-yil, № 2, 132-modda, № 3, 251-modda) 1-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”.
19. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 25-avgustda qabul qilingan “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-392-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 313-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda investitsiya va pay fondlari faoliyati sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2022-yil, № 2, 75-modda, № 7, 666-modda, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 12, 1010, 1011-moddalar; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 111, 113-moddalar, № 10, 1073-modda, № 11, 1190-modda; 2025-yil, № 11, 1235, 1237-moddalar) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda muayyan bojxona munosabatlari ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvarda qabul qilingan “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-457-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 2-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2025-yil, № 6, 730-modda) 3-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1153-modda, № 11, 1237-modda, № 12, 1328-modda; 2026-yil, № 2, 132-modda, № 4, 360, 364, 365-moddalar) 1-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda iqtisodiy ishlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalarga muvofiq ixtisoslashgan sud tomonidan koʻrib chiqiladi va hal etiladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
23. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1009-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1286-modda; 2025-yil, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda, № 9, 1042-modda; 2026-yil, № 2, 132-modda, № 4, 360-modda) 3-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda fuqarolarning va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalarga muvofiq ixtisoslashgan sud tomonidan koʻrib chiqiladi hamda hal etiladi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
24. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 385-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2026-yil, № 3, 254-modda) 3-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”.
25. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrda qabul qilingan “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-578-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 786-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda, № 9, 965-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchi va toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida toʻlovlarni amalga oshirish hamda toʻlov xizmatlari koʻrsatish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
26. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-598-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 892-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda; 2026-yil, № 3, 251-modda) 1-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda investitsiyalar va investitsiya faoliyati bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda soliq bilan bogʻliq muayyan munosabatlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinishi hamda tegishli vakolatli organning qarori bilan ushbu Kodeksning ayrim qoidalarini qoʻllash boʻyicha alohida tartib belgilanishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda davlat bojini belgilash, undirish, qaytarish va uni toʻlashdan ozod qilish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
29. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda, 10-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 818-modda, № 9, 958, 968-moddalar, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 648-modda, № 11, 1233-modda, № 12, 1328, 1329-moddalar; 2026-yil, № 2, 132-modda, № 4, 352-modda) 2-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda aholi bandligi sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”.
30. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-677-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 146-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar, № 4, 340-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 6, 730-modda, № 8, 971-modda, № 12, 1328-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda auditorlik faoliyati sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
31. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-682-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 288-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 788-modda, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 8, 629-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda, № 9, 955-modda, № 10, 1075, 1076-moddalar; 2025-yil, № 4, 516-modda; 2026-yil, № 3, 256-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 2-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda qabul qilinadigan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarning turlari va ushbu Qonundagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻzaro nisbati, ularni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga nisbatan qoʻyiladigan asosiy talablar va ularning ijrosini tashkil etishni taʼminlashning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan alohida belgilanadi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
2) 8-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi. Alohida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan yagona huquqiy makon doirasida maxsus huquqiy rejim oʻrnatilishi mumkin”.
32. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 289-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 2, 1288-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 4, 519-modda, № 6, 730-modda; 2026-yil, № 3, 255-modda, № 4, 364-modda) 2-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda davlat xaridlari sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”.
33. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 10, 1155-modda, № 11, 1237-modda, № 12, 1322-modda; 2026-yil, № 1, 2, 4-moddalar, № 2, 133-modda, № 3, 253, 255-moddalar, № 5, 499-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
uchinchi qism toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
34. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyulda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-703-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 663-modda; 2024-yil, № 2, 117-modda, № 8, 823-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 6, 727-modda, № 8, 969-modda, № 12, 1329-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda tashkil etiladigan ixtisoslashgan sud mazkur Qonunda belgilangan sud tizimiga kirmaydi hamda uning faoliyati ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
uchinchi qism toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
35. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-730-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1062-modda; 2025-yil, № 4, 519-modda) 1-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda sugʻurta sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”.
36. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-763-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 338-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 8, 823-modda, № 10, 1073-modda; 2025-yil, № 2, 188, 191, 194-moddalar, № 6, 730-modda, № 12, 1329-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda yuridik va jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligiga oid munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
37. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-792-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 9, 896-modda; 2025-yil, № 4, 519-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda elektron tijoratga oid munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
38. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi OʻRQ-793-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 10, 980-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
39. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil, № 2, 193-modda, № 6, 730-modda, № 11, 1233-modda, № 12, 1321, 1329-moddalar) 10-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda mehnatga oid munosabatlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
40. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-iyunda qabul qilingan “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1070-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2025-yil, № 6, 730-modda) 2-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda banklarni sanatsiya qilish va tugatish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
41. Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-aprelda qabul qilingan “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1137-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2026-yil, № 4, 360-modda) 2-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi”.
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida (O‘RQ-1158-son). neolex.uz/uz/laws/law-8325838/34 (lex.uz/docs/-8323797)