“934-modda. Sugʻurta summasi”;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1154-son) · Sana: 22.06.2026 · Amalda
birinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “sugʻurta pulini” degan soʻzlar “sugʻurta summasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 936-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sugʻurtalash shartnomasida sugʻurta summasi sugʻurta qiymatidan kam qilib belgilangan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz berganida sugʻurta qildiruvchiga (naf oluvchiga) u koʻrgan zararni sugʻurta summasining sugʻurta qiymatiga boʻlgan nisbatiga mutanosib ravishda qoplashi shart”;
11) 937-moddaning birinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 938-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfining sugʻurta summasi sugʻurta qiymatidan ortiq boʻlsa, shartnoma sugʻurta summasining sugʻurta qiymatidan ortiq boʻlgan qismida oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi”;
uchinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar sugʻurta shartnomasidagi sugʻurta summasini oshirib yuborish sugʻurta qildiruvchi tomonidan aldashning oqibati boʻlsa, sugʻurtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va oʻziga yetkazilgan zarar uning sugʻurta qildiruvchidan olgan sugʻurta mukofoti summasidan ortiq miqdorda qoplanishini talab qilishga haqli”;
13) 939-moddaning:
birinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 940-moddaning ikkinchi qismidagi “sugʻurta puli” degan soʻzlar “sugʻurta summasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 941-moddaning birinchi qismidagi “sugʻurta pulini” degan soʻzlar “sugʻurta toʻlovini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
