“511-modda. Sugʻurtalovchi foydasining taqsimlanishini cheklash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1154-son) · Sana: 22.06.2026 · Amalda
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) foydani quyidagi hollarda taqsimlashga haqli emas:
prudensial normativlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda yoki ular mazkur taqsimlash oqibatida buzilganda;
toʻlovga qobiliyatsiz boʻlganda yoki mazkur taqsimlash oqibatida toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganda”;
21) 53-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakolatli davlat organi sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotiga, sugʻurta brokeriga, ilgari ularga nazorat tarzida javob qaytarish chora-tadbirlari qoʻllanilganidan qatʼi nazar, quyidagi choralar va sanksiyalarni qoʻllashga haqli:
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish, shu jumladan sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilari huquqlarining buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berishga;
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun jarimalar qoʻllashga;
litsenziyaning amal qilishini oʻn kungacha muddatga toʻxtatib turishga;
agar litsenziat litsenziya berishga doir qaror qabul qilinganligi haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat bojini toʻlamagan boʻlsa, litsenziya berishga doir qarorni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga;
sugʻurta portfelini boshqa sugʻurta tashkilotlariga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga”;
22) 54-moddaning “a” bandi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sugʻurta polislarini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirmaslik”;
uchinchi xatboshisi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
23) 61-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakolatli davlat organi oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrab oladi hamda oʻzi olgan axborotga nisbatan maxfiylikka rioya etishi shart, bundan qonunga muvofiq axborotning oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyiladigan hollar mustasno”;
24) 62-modda:
beshinchi qismi “davlat ijrochilariga” degan soʻzlardan keyin “shuningdek qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish maqsadida vakolatli davlat organiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
