61-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son) · Sana: 10.06.2026 · Amalda
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonun kuchga kirganidan boshlab, ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari bilan investorlarga berilgan, lekin samarasiz foydalanilayotgan, qurilish ishlari boshlanmagan shaharsozlik renovatsiyasi hududlari (yer uchastkalari, faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish, turar joy zonalari va boshqa zonalar) mazkur hududda yashovchi huquq egalari bilan loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishiladi, huquq egalarining kamida beshdan toʻrt qismi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, ajratilgan yer uchastkalari, turar va noturar joy toifasidagi obyektlar tegishli tuman (shahar) hokimliklari tasarrufiga qaytariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-iyun,
OʻRQ-1149-son
