60-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son) · Sana: 10.06.2026 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 22-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan shaharsozlik renovatsiyasi dasturi asosida rekonstruksiya qilinishi kerak boʻlgan avariya holatidagi hamda eskirgan turar va noturar joy toifasidagi obyektlarning texnik holatini aniqlash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonun 22-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan shaharsozlik renovatsiyasi dasturi asosida renovatsiya qilinishi kerak boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining texnik holatini aniqlash komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibini, hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir qiladigan holatlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Shaharsozlik renovatsiyasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari yoʻnaltiriladigan olis va chekka hududlar roʻyxatini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonun 22-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Shaharsozlik renovatsiyasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi shaharsozlik renovatsiyasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarining faoliyat yuritish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonun 22-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan shaharsozlik renovatsiyasi dasturini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni va qurilish tashkilotlarini aniqlash yuzasidan eng yaxshi taklifni tanlab olish boʻyicha tanlov va takroriy tanlov oʻtkazish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonun 22-moddasi birinchi qismining oʻninchi xatboshisida nazarda tutilgan huquq egalarining shaxsiy tashabbusiga koʻra amalga oshiriladigan shaharsozlik renovatsiyasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu Qonun 22-moddasi birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisida nazarda tutilgan renovatsiya loyihasini amalga oshirishda huquq egalarining hissa qoʻshuvchi sifatida ishtirok etishi tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
