50-modda. Shaharsozlik renovatsiyasi hududida qurilish va rekonstruksiya ishlarini toʻxtatib turish
Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son) · Sana: 10.06.2026 · Amalda
Shaharsozlik renovatsiyasi hududida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qaroriga asosan quyidagilarga taqiqlar oʻrnatilishi mumkin:
bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirishga, ularni qayta qurishga, rekonstruksiya qilishga hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga;
loyiha-smeta hujjatlarini kelishishga;
qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazishga.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan taqiqlar bevosita shaharsozlik renovatsiyasi dasturi doirasida quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) turar va noturar joy toifasidagi obyektlarga hamda shaharsozlik renovatsiyasi dasturi tasdiqlanguniga qadar olingan qurilish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomasi mavjud boʻlgan obyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
