Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son) · Sana: 10.06.2026 · Amalda
Renovatsiya loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritish bilan bir vaqtda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi lozim. Bunda jamoatchilik muhokamasi “Shaharsozlik renovatsiyasi” elektron platformasi, ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar va jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Shaharsozlik renovatsiyasi dasturi loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida oʻn besh kundan kam boʻlmagan muddatda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-8261557
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 32-modda. Shaharsozlik renovatsiyasini amalga oshirishda jamoatchilik muhokamasi Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son). neolex.uz/uz/laws/law-8269295/32 (lex.uz/docs/-8261557)