27-modda. Respublika jamgʻarmasining va hududiy jamgʻarmalarning mablagʻlarini shakllantirish
Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son) · Sana: 10.06.2026 · Amalda
Respublika jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda respublika budjeti mablagʻlari va respublika budjetining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari mablagʻlari;
hududiy jamgʻarmalarning oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdordagi daromad mablagʻlari.
Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari;
shaharsozlik renovatsiyasi hududidagi yer uchastkasini ijara huquqi bilan ajratish hisobiga tushgan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning renovatsiya loyihalariga ulush kiritish asosida kiritgan mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
