2-modda. Referendum predmeti boʻlmaydigan masalalar
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (265-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Quyidagi masalalar referendum predmeti boʻlishi mumkin emas:
Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini oʻzgartirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar;
amnistiya va afv etish;
jamoat tartibini, aholi sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
