1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining referendumi
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (265-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi (bundan buyon matnda referendum deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir.
Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻladi.
Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, referendumda qabul qilingan qarorlar faqat referendum yoʻli bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Referendum Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oʻtkaziladi.
