11-modda. Vakolatli banklar
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (556-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Kuchini yo'qotgan
Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan banklar vakolatli banklardir.
Vakolatli banklar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ochiq valyuta mavqeyi limiti doirasida chet el valyutasini sotib olish va sotish boʻyicha, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish boʻyicha bevosita oʻzaro, oʻz mijozlari bilan hamda valyuta birjalari orqali, shuningdek xalqaro bozorlarda operatsiyalarni amalga oshirishga;
Oʻzbekiston Respublikasining banklarida va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlariga hamda boshqa hisobvaraqlarga ega boʻlishga;
naqd chet el valyutasini hamda chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish operatsiyalarini amalga oshirish uchun ayirboshlash shoxobchalarini ochishga haqlidir.
Vakolatli banklar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
