10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining valyutani tartibga soluvchi davlat organi
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (556-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasida valyutani tartibga soluvchi davlat organidir.
Valyutani tartibga soluvchi davlat organi oʻz vakolatlari doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasining hamda chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlarining muomalasi tartibini belgilaydi;
milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash mexanizmini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi banklarda norezidentlar tomonidan milliy valyutada hamda rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularni yuritish tartibini belgilaydi;
rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy valyutada chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida barcha turdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi;
chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun banklarga litsenziyalar berishning umumiy qoidalarini belgilaydi, bunday litsenziyalarni beradi va chaqirib oladi, shuningdek banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib turadi;
valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun litsenziyalash tartibini belgilaydi;
joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari muddatining chegarasini belgilaydi;
kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun toʻlovlarning maqbul summalari miqdorini belgilaydi;
chet el valyutasi bilan bogʻliq boʻlgan hosila moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar oʻtkazish tartibini belgilaydi;
kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
vakolatli banklar reyestrini yuritadi va eʼlon qiladi;
vakolatli banklar uchun ochiq valyuta mavqeyi limitlarini belgilaydi;
qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq valyuta operatsiyalari statistikasini tayyorlaydi va eʼlon qiladi;
chet el valyutasidagi tushumning bir qismini rezidentlar tomonidan majburiy tarzda sotishning miqdori va tartibini belgilaydi;
