4-modda. Jamiyatning javobgarligi
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-1137-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Jamiyat oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar boʻladi. Jamiyat ishtirokchilari jamiyatning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi.
Jamiyat ishtirokchilari jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun jamiyatga oʻzi qoʻshgan hissalari qiymati doirasida javobgar boʻladi.
Jamiyatning oʻz hissasini toʻliq qoʻshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha har bir ishtirokchi hissasining toʻlanmagan qismi qiymati doirasida solidar javobgar boʻladi.
Jamiyat oʻz ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Agar jamiyatning toʻlovga qobiliyatsizligi shu jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning), kollegial ijro etuvchi organining, kuzatuv kengashi aʼzosining yoki jamiyat ishtirokchisining yoxud ishonchli boshqaruvchining gʻayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan boʻlsa, jamiyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, bunday shaxs zimmasiga oʻz majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Bunda, agar zarar bir necha shaxs tomonidan yetkazilgan boʻlsa, ular birgalikda solidar javobgar boʻladi.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, bundan ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
