39-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash tartibi
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-1137-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash tartibi jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilanadi.
Eng koʻp ovoz toʻplagan nomzodlar, agar taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashining tarkibiga uch yil muddatga saylangan deb hisoblanadi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin.
Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar jamiyat ustavida yoki ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan qarorda belgilanishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibi jamiyat ustavi bilan belgilanadi, bunda kuzatuv kengashi tarkibiga kiritiladigan mustaqil aʼzolar soni alohida koʻrsatilishi kerak.
