18-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning mol-mulki, shu jumladan jamiyatning taqsimlanmagan foydasi hisobidan koʻpaytirish
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-1137-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyatning mol-mulki, shu jumladan jamiyatning taqsimlanmagan foydasi hisobidan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror faqat bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning tashqi audit xulosasi bilan tasdiqlangan moliyaviy hisoboti maʼlumotlari asosida qabul qilinishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning mol-mulki, shu jumladan jamiyatning taqsimlanmagan foydasi hisobidan koʻpaytiriladigan summa jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) hamda zaxira fondining yigʻindisi oʻrtasidagi farqdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) ushbu moddaga muvofiq koʻpaytirilganda jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari oʻzgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda koʻpayadi.
