12-modda. Jamiyatning taʼsis hujjatlari
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida (O‘RQ-1137-son) · Sana: 21.04.2026 · Amalda
Taʼsis shartnomasi va jamiyat ustavi jamiyatning taʼsis hujjatlaridir.
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan taʼsis etilsa, ushbu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning taʼsis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga koʻpaysa, ular oʻrtasida taʼsis shartnomasi tuzilishi kerak.
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning taʼsis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyat taʼsis shartnomasining va ustavining koʻchirma nusxalarini berishi shart. Koʻchirma nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Jamiyatning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kiritiladi. Taʼsis shartnomasi qoidalari va jamiyat ustavi qoidalari oʻzaro muvofiq boʻlmagan taqdirda, jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega boʻladi.
