2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi pul birligi bilan boʻladigan operatsiyalar
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida (841-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Kuchini yo'qotgan
1. Oʻzbekiston Respublikasida yagona qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi pul birligining xarid qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan yagona pul-kredit siyosati oʻtkaziladi.
2. Rezidentlar oʻrtasidagi munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi har qanday talab va majburiyatlarning toʻlovi uchun cheklovsiz qabul qilinadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi, basharti, uning manbai xorijdan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan yoki oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasining oʻzida qonuniy asosda olingan chet el valyutasidagi mablagʻlardan iborat boʻlsa, norezidentlarning mulk obyekti boʻlishi mumkin.
4. Yuridik shaxs boʻlmish norezidentlar oʻrtasida valyuta operatsiyalarini, shuningdek har qanday bitimlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining pul birligida olib boriladigan hisob-kitoblar tartibini va bu yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida bank muassasalarida schyotlar ochishi tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Uqtirib oʻtilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi pul birligidan foydalanib bitimlar tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartib buzilgan boʻlsa, tuzilgan bitimlar va qilingan hisob-kitoblar haqiqiy hisoblanmaydi.
5. Rezidentlar va norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi pul birligini hamda bu birlikda ifodalangan qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasidan chetga olib chiqishi va joʻnatishi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda belgilab qoʻyadigan tartibda amalga oshiriladi.
