1-modda. Asosiy tushunchalar
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida (841-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Kuchini yo'qotgan
1. Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi “soʻm”dir.
2. “Valyuta boyliklari” jumlasiga quyidagilar kiradi:
chet el valyutasi;
qimmatli qogʻozlar – chet el valyutasidagi fond boyliklari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar);
chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);
qimmatbaho metallar – har qanday koʻrinish va holatdagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), metallar shunday metallardan ishlangan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno;
tabiiy qimmatbaho toshlar – sayqal berilgan va sayqal berilmagan shakldagi olmos, laʼl, zumrad, yoqut, aleksandrit, shuningdek marvarid, shunday toshlardan ishlangan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno.
3. “Chet el valyutasi” jumlasiga:
tegishli ajnabiy davlatda muomalada boʻlgan va qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknot koʻrinishdagi chet el pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, ammo Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi lozim boʻlgan chet el pul belgilari;
schyotlarda va omonatlarda boʻlgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablagʻlar kiradi.
4. “Rezidentlar” jumlasiga:
Oʻzbekiston Respublikasida muqim yashash joyi boʻlgan, shu jumladan vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan jismoniy shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tuzilgan va roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar, shu jumladan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar;
Oʻzbekiston Respublikasining immunitetga va diplomatiya imtiyozlariga ega boʻlgan xorijdagi diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi korxona va tashkilotlarining chet eldagi xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan oʻzga vakolatxonalari kiradi.
5. “Norezidentlar” jumlasiga:
xorijda muqim yashash joyi boʻlgan, shu jumladan vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisida joylashgan boʻlib, ajnabiy davlatlarning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan va shu qonunlar asosida faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining korxona va tashkilotlari ishtirokidagi yuridik shaxslar;
