12-modda. Korxona va tashkilotlarning valyuta mablagʻlarini tarkib toptirish va ulardan foydalanish
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida (841-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Kuchini yo'qotgan
1. Korxona va tashkilotlarning valyuta mablagʻlari:
tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa tadbirkorlik faoliyatidan chet el valyutasida olingan daromad;
chet el valyutasini va chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
valyuta kreditlari koʻrinishida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa shakllarda olinadigan mablagʻlar hisobiga tarkib topadi.
2. Korxona va tashkilotlarning valyuta mablagʻlari vakolat berilgan banklarning valyuta schyotlari va omonatlarida saqlanadi hamda ulardan ana shu korxona va tashkilotlar mustaqil ravishda foydalanadilar.
3. Korxonalar va tashkilotlar qoʻshma dasturlarni amalga oshirish uchun oʻzlarining valyuta mablagʻlarini ixtiyoriy ravishda pay asosida birlashtirishga haqlidirlar.
