11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta resurslarini tarkib toptirish va ulardan foydalanish
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida (841-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Kuchini yo'qotgan
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi pul birligining xarid qobiliyatini barqaror saqlab turish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining kredit resurslariga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasidagi mablagʻlar va boshqa valyuta boyliklari koʻrinishida valyuta resurslari jamlaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta resurslari:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda chet el valyutasida olingan daromadning bir qismini sotib olish;
respublika va xorijiy mamlakatlarning valyuta bozorlaridan chet el valyutasi sotib olish, valyuta kreditlari, boshqa manbalar hisobiga tarkib topadi.
