2693-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1895-V-son) · Sana: 31.03.2026 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasi Kengash aʼzolarining taklifiga asosan, qoida tariqasida, ushbu shaxslarni Roʻyxatga kiritish va (yoki) ularning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish masalasi yuzasidan xulosa taqdim etgan qoʻmita tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Qoʻmita chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritishning tegishli asoslari bartaraf etilganligiga yoki etilmaganligiga aniqlik kiritadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish maqsadga muvofiqligi haqida yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi va mazkur xulosani Kengashga taqdim etadi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritishning tegishli asoslari bartaraf etilgan taqdirda, Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ushbu shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish yuzasidan qaror qabul qiladi.
Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, iltimosnoma Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan imzolangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi”.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 31-mart,
1895-V-son
