“1441-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1895-V-son) · Sana: 31.03.2026 · Amalda
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining muqobil tahriri (bundan buyon matnda ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi deb yuritiladi) Qonunchilik palatasiga kiritilganda masʼul qoʻmita qonun loyihasining moddama-modda muhokamasini oʻtkazadi, kelib tushgan fikrlar va takliflarni oʻrganadi hamda umumlashtiradi, zarurat boʻlganda esa qonun loyihasi boʻyicha tushgan fikrlar va takliflar yuzasidan mustaqil ekspertiza oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi fraksiyalarga beriladi.
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi boʻyicha fikrlar va takliflar olganidan keyin masʼul qoʻmita ushbu loyihani kiritgan oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya vakillari ishtirokida muhokama tashkil etadi. Muhokamalarga fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari, olimlar va mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin”;
15) 145-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi kiritilgan hollarda masʼul qoʻmita ushbu qonun loyihasini va asosiy qonun loyihasini ikkinchi oʻqish tartib-taomilida koʻrib chiqish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini ham tayyorlaydi va Kengashga yuboradi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismi “qonun loyihasini” degan soʻzlardan keyin “ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi kiritilgan hollarda esa ushbu qonun loyihasini ham” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
16) 146-moddaning toʻrtinchi qismi “qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga” degan soʻzlar “tegishincha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yoki ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini kiritgan oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiyaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) quyidagi mazmundagi 1461-modda bilan toʻldirilsin:
