“1421-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1895-V-son) · Sana: 31.03.2026 · Amalda
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahriri Qonunchilik palatasining Devonida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran Qonunchilik palatasiga kiritilgan deb hisoblanadi.
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan kiritilgan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahriri hamda unga ilova qilingan materiallar Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan asosiy qonun loyihasi uchun masʼul qoʻmitaga beriladi”;
12) 143-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan kiritilgan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahriri birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining konsepsiyasiga zid boʻlishi mumkin emas”;
13) 144-moddaning toʻqqizinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda takliflar va fikrlar qaysi deputat yoki deputatlar tomonidan kiritilganligi koʻrsatib oʻtiladi”;
14) quyidagi mazmundagi 1441-modda bilan toʻldirilsin:
