10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining va davlat-xususiy sheriklik loyihalarining cheklangan hajmini belgilash
2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-1105-son) · Sana: 25.12.2025 · Amalda
2026-yil uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,0 milliard AQSH dollari, shundan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun — 2,5 milliard AQSH dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 2,5 milliard AQSH dollari;
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 30,0 trillion soʻm;
davlat tomonidan majburiyatlar qabul qilinishi (sotib olinishi yoki toʻlanishi) va davlat tomonidan tasdiqlovchi xatlar berilishi talab etiladigan davlat-xususiy sheriklik prinsiplari asosida imzolanadigan barcha yangi loyihalar qiymatining cheklangan miqdori 6,5 milliard AQSH dollari miqdorida belgilansin.
