“1671-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni baholash
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1107-son) · Sana: 25.12.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga baholash uchun hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 15-sanasiga qadar yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarga doir tezkor xulosani hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, tezkor xulosa olingan kundan eʼtiboran ikki kun ichida taqdim etadi”;
99) 168-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining masʼul vakillari ishtirokida muhokama qilinadi”;
100) 169-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
