“1662-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1107-son) · Sana: 25.12.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlariga koʻra shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-martigacha taqdim etadi”;
97) 167-moddaning birinchi — beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi yillik hisobotni tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotga doir tegishli xulosalarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
