“3001-modda. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1097-son) · Sana: 27.11.2025 · Amalda
Boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari, tovarni joʻnatuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan tashqari quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha bojxona boji undiriladi:
bojxona bojining advalor stavkasi turi oʻn foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — besh foiz;
bojxona bojining advalor stavkasi oʻn foizdan yigirma foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — oʻn foiz;
bojxona bojining advalor stavkasi yigirma foizdan oʻttiz foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — oʻn besh foiz;
bojxona bojining advalor stavkasi oʻttiz foiz va undan yuqori boʻlgan tovarlarga nisbatan — yigirma foiz”;
3) 328-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona toʻlovlari bojxona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga toʻlovchi tomonidan toʻlanadi.
Bojxona organlari toʻlangan va undirilgan bojxona toʻlovlarining, shuningdek penyalar va jarimalarning hisobini bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻida aks ettirish orqali yuritadi. Toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Toʻlangan bojxona toʻlovlaridan olingan mablagʻlar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan yoki toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida avtomatik ravishda bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Bojxona toʻlovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, milliy valyutada toʻlanadi”;
