“281-modda. Jamiyatning majoritar aksiyadori va uning majburiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1097-son) · Sana: 27.11.2025 · Amalda
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining ellik foizidan ortigʻiga egalik qiluvchi yoxud ovoz beruvchi aksiyalari miqdori jamiyatning boshqa har bir aksiyadori ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan hamda ovozi qaror natijasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan aksiyador majoritar aksiyador deb eʼtirof etiladi.
Agar majoritar aksiyadorga qarorlar jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga zarar keltirishi oldindan ayon boʻlsa, u mazkur qarorlarni shaxsiy manfaatlarini hisobga olib qabul qilmasligi, jamiyat boshqaruv organlarining yigʻilishi kun tartibiga jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga mos kelmaydigan masalalarni yoki hal etilishi jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga zarar yetkazishi oldindan maʼlum boʻlgan masalalarni kiritmasligi shart.
Jamiyatning majoritar aksiyadori ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik natijasida jamiyatga va boshqa aksiyadorlarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi”;
2) 81-modda:
oltinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“fidutsiar majburiyatlarni bajarmaslik”;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv aʼzolarining hamda ishonchli boshqaruvchining fidutsiar majburiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
vazifa va majburiyatlarini amalga oshirishda vijdonan harakat qilib, jamiyat va aksiyadorlar manfaatlarini eng koʻp aks ettiruvchi usullardan foydalanishni;
jamiyat mol-mulkidan jamiyatning ustaviga va ichki hujjatlariga zid ravishda va (yoki) aksiyadorlar umumiy yigʻilishining va (yoki) kuzatuv kengashining qarorlarisiz, shaxsiy manfaatlarini koʻzlab foydalanmaslikni hamda undan boshqa shaxslar tomonidan shu tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslikni;
jamiyatning biznes imkoniyatlaridan yoki jamiyat uchun manfaatli boʻlgan obyektlardan oʻz vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki oʻz mavqeyidan kelib chiqqan holda, jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz, shaxsiy naf olish maqsadida yoki boshqa shaxslar manfaatlarini koʻzlab, shunday naf olishga koʻmaklashish maqsadida foydalanmaslikni;
