23214-modda. Sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1089-son) · Sana: 20.10.2025 · Amalda
Iqtisodiy sud mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak:
1) mediativ kelishuvni tuzgan taraflarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
2) mediativ kelishuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma.
Iqtisodiy sudning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim.
Iqtisodiy sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
6) 334-moddaning ikkinchi qismi “ijro varaqasini berish” degan soʻzlardan keyin “mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-482-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 427-modda; 2019-yil № 7, 389-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonunning amal qilishi fuqarolik huquqiy munosabatlardan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan, mijoz va bank (kredit tashkilotlari) oʻrtasidagi munosabatlardan, sugʻurta shartnomasidan yuzaga keladigan munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga, mehnat va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qoʻllash bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi”;
