33-modda. Yer qaʼridan foydalanuvchilarning majburiyatlari
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (444-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Yer qaʼridan foydalanuvchilar:
yer qaʼri uchastkasi qaysi maqsadda berilgan boʻlsa, undan shu maqsadda foydalanishi;
yer qaʼridan foydalanish va mineral xom ashyoni qayta ishlash bilan bogʻliq ishlarni olib borish texnologiyasi normalari va qoidalariga rioya etishi;
konchilik ishlarini rivojlantirishning texnik loyihalari va rejalaridagi, shuningdek foydali qazilma konlarini ishlatish va obodonlashtirish loyihalaridagi talablarga rioya etishi;
foydali qazilma konlarini ishlatish, yer qaʼridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlarni yuritishi hamda ularning saqlanishini taʼminlashi;
chiqarib olinadigan va yer qaʼrida qoldiriladigan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan komponentlar zaxiralari, shuningdek mineral xom ashyoni va texnogen mineral hosilalarni qayta ishlash mahsulotlari miqdori va sifati hisobini yuritishi;
kavlab olinayotganda qoʻshilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan foydali qazilmalar va foydali komponentlarni saqlashi;
foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash chogʻida nobudgarchilik normativlariga rioya etilishini taʼminlashi;
konlarning foydali qazilmalarga boy uchastkalari tanlab ishlatilishiga yoʻl qoʻymasligi;
asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlar zaxiralarining holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek foydali qazilma konlari, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini yuritish uchun maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga taqdim etishi;
kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etishi;
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar taʼsiri doirasidagi ishlovchilar (xodimlar) va aholining xavfsizligini taʼminlashi;
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bexatar olib borilishini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari koʻrilishini, falokatlarni bartaraf etish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlashi;
