16-modda. Foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasi
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (444-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Foydali qazilma konlarining zaxiralari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyingina konlar sanoat yoʻsinida oʻzlashtirishga topshirilishi mumkin.
Foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash foydali qazilma konining sanoat ahamiyatini belgilovchi qidiruv konditsiyalari asosida konni geologik jihatdan oʻrganishning barcha bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Geologik materiallarning davlat ekspertizasi ushbu Qonun 29-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va (yoki) ulardan foydalanish uchun hamda chiqindilarni saqlash, koʻmib tashlash uchun foydalanishga beriladigan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha oʻtkaziladi.
Foydali qazilmalarning qidiruv konditsiyalarini, zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
