4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (397-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) qarorlar qabul qilishda mustaqildir va oʻz faoliyatida ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Apellyatsiya kengashi:
talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagi davlat ekspertizasi natijalari boʻyicha Davlat muassasasining qarori ustidan;
sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;
sanoat mulki obyektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqadi.
Apellyatsiya kengashi oʻz vakolatlari doirasida apellyatsiyalarning boshqa turlarini ham koʻrib chiqishi mumkin.
Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
