3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (397-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Vazirlik sanoat mulki obyektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni (bundan buyon matnda patent berish haqidagi talabnoma deb yuritiladi) koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular boʻyicha davlat ekspertizasini tashkil etadi, ularni davlat roʻyxatiga oladi, sanoat mulki obyektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoʻllanilishiga doir tushuntirishlar beradi hamda qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) patent berish haqidagi talabnomaning davlat ekspertizasini oʻtkazadi.
