34-modda. Patent bojlari
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (397-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Sanoat mulki obyektlariga huquqiy muhofaza berish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi.
Patent bojlarining miqdori va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlov miqdorlarini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi.
Patent bojlari talabnoma beruvchi, patent egasi va boshqa manfaatdor shaxs tomonidan toʻlanadi.
Patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent bojini toʻlash maqsadida qoʻshimcha patent boji toʻlangan taqdirda, patent egasiga olti oylik imtiyozli muddat beriladi.
Agar patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent boji va qoʻshimcha patent boji imtiyozli muddat mobaynida toʻlanmasa, patentning amal qilishi belgilangan muddatda patent boji toʻlanmagan kundan eʼtiboran tugatiladi.
