231-modda. Ixtironing vaqtinchalik huquqiy muhofazasi
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (397-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Ixtiroga ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilingan sanadan ixtiro davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadigan sanaga qadar vaqtinchalik huquqiy muhofaza beriladi.
Agar ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan boʻlsa yoki ushbu talabnoma boʻyicha Davlat muassasasi tomonidan patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat berish imkoniyati tugagan boʻlsa, vaqtinchalik huquqiy muhofaza yuz bermagan hisoblanadi.
Ixtirodan uning vaqtinchalik huquqiy muhofazasi davrida foydalanayotgan shaxs ixtiroga patent olinganidan keyin patent egasining talabiga koʻra unga miqdori patent egasi bilan kelishuv asosida belgilanadigan pul tovoni toʻlashi shart.
