211-modda. Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (397-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtganidan keyin rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra Vazirlik koʻrib chiqish uchun qabul qilingan ixtiro haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtguniga qadar ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishi mumkin.
Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganidan keyin har qanday shaxs ushbu talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga haqli. Ixtiro haqidagi talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
