7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida (O‘RQ-1073-son) · Sana: 07.07.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
iqlim oʻzgarishi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarining, hududiy va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda ularning amalga oshirilishi monitoringini yuritadi;
iqlim oʻzgarishining oqibatlarini yumshatish va unga moslashishning Milliy iqlim strategiyasini ishlab chiqadi, uning amalga oshirilishi monitoringini yuritadi;
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni qabul qiladi;
issiqxona gazlari kadastrini yuritadi;
atmosfera havosiga chiqariladigan issiqxona gazlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birga inventarizatsiyadan oʻtkazadi;
issiqxona gazlarining chiqarilishi, tutib qolinishi va qisqartirilishi hajmlarini miqdoriy jihatdan aniqlash uslubiyatini, shu jumladan issiqxona gazlarining chiqarilishi, tutib qolinishi va qisqartirilishi hajmlarini aniqlashning hisob-kitob va instrumental usullarini ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tegishli hisobotlarning belgilangan tartibda tayyorlanishini va Birlashgan Millatlar Tashkiloti iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hadli konvensiyasining vakolatli organi sifatida ularning mazkur Hadli konvensiya bilan tasdiqlangan kotibiyatga taqdim etilishini taʼminlaydi;
atmosfera havosiga issiqxona gazlarini chiqaruvchi yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini undiradi;
iqtisodiyot tarmoqlarida ekologik tamgʻalash tizimlarini joriy etadi;
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni maqbullashtirish, sohaga ilgʻor innovatsiyalarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash yoʻnalishida chet el investitsiyalarini, shuningdek xalqaro moliya institutlarining hamda boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etadi;
