18-modda. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlari
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (446-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Fuqarolarning takliflari tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddat ichida koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga oʻn kunlik muddat ichida maʼlum qilinadi.
Ariza yoki shikoyatlar masalani mohiyatan hal etishi shart boʻlgan davlat organiga tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddat ichida, qoʻshimcha oʻrganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa oʻn besh kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Ariza yoki shikoyatni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ariza yoki shikoyatni koʻrib chiqish muddati tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzogʻi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga maʼlum qilinadi.
